Roy Kin: "Bukayo Saka "Real"da ham o'ynay olardi"

Sherzod Nurmatov
24 yanv 2023, 14:56
Saka yakshanba kuni "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yinda ajoyib o'yin ko'rsatdi.

"To'pchilar" mamlakat chempionati doirasida "Manchester Yunayted" bilan o'yinda ustunlik qildi va yakunda 3:2 hisobida g'alaba qozonib, mavsumdagi 50 ochkosini to'pladi.

Saka bahsning ikkinchi taymida uzoq masofadan ajoyib zarba yo'llab, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Shundan keyin bir necha daqiqalar o'tib "qizil iblislar" himoyachisi Lisandro Martines hisobdagi farqni yana tenglashtirdi. O'yinning so'nggi daqiqasida Eddi Nketia "Emireyts" egalarining g'alabasini taminlaydigan to'pni kiritdi.

Bukayo Saka ushbu mavsumda yaxshi o'yini bilan ajralib turibdi. Uning London klubi bilan 2024 yilgacha amal qiladigan shartnomasi bor. Saka jamoaning Premer-ligadagi raqiblari "Manchester Siti" yoki "Liverpul"ga o'tishi mumkinligi aytilgan edi.

"Sky Sports" eksperti va "Yunayted" sobiq sardori Roy Kinning fikricha, Bukayo Saka Yevropaning istalgan top-klubida, shu jumladan, "Real"da ham o'ynashi mumkin:

"Saka yosh bo'lsa-da, juda katta tajribaga ega. 

U allaqachon Angliya Kubogi sovrinini qo'lga kiritgan. 

Bukayo Angliya termasida penaltidan unumli foydalana olmagani uchun katta umidsizlikk tushdi (Yevropa Chempionati finalida). Buning uchun u juda ko'p tanqidlarga uchradi, biroq u yana qaytishni uddaladi.

Menga uning hamma xislatlari yoqadi. O'ylashimcha, u Yevropaning istalgan yirik klublariga borib o'ynab keta olishi mumkin. Men bunday klublar qatoriga "Real"ni ham qo'shgan bo'lardim. Menimcha, u shu darajada yaxshi o'ynaydigan fantastik o'yinchi. Qanday istedod-a! Men uning o'yinlarini tomosha qilishni yaxshi ko'raman", – dedi Roy Kin.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca