Roxo: "MYU 2017 yilda sovrinsiz qolmaydi degan umiddaman"

Aslanov Jasurbek
24 dek 2016, 15:49
"Manchester Yunayted" himoyachisi Markos Roxo yangi yilda mankunianlar sovrin yutishiga umid qilmoqda.

"Bu men uchun qiziqarli yil bo'ldi. Ko'p voqealar sodir bo'ldi. MYU bilan Angliya Kubogida g'olib bo'ldik, keyin - Amerika Kubogi. Afsuski, Argentina ushbu sovrinni qo'lga kirita olmadi, ammo baribir esda qoldi. 

Biz 2016 yilni yaxshi yakunlab, qolgan bahslarda g'alaba qozonishimiz kerak. MYU 2017 yilda sovrinsiz qolmaydi degan umiddaman" - deydi Roxo.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: MUTV