Roppa-rosa 8 yil avval maydondagi buyum gol urilishiga sababchi bo'lgan (FOTO+VIDEO)

Aslanov Jasurbek
17 okt 2017, 11:46
2009 yilning 17 oktyabr kuni "Sanderlend" hamda "Liverpul" o'rtasidagi Angliya Premer-ligasi uchrashuvida maydondagi buyum gol urilishiga sababchi bo'lgan edi.

O'sha bahsda o'yinni ko'rish uchun stadionga tashrif buyurgan bolalarning biri maydonga plyaj to'pini otib yuboradi va "Sanderlend" hujum qilayotgan vaqtda qizil to'p "Liverpul" darvozaboni oldiga kelib qoladi. "Qoramushuklar" hujumchisi Darren Bent "Liverpul" darvozasiga zarba berdi va to'p maydondagi plyaj koptogiga urilib, yo'nalishini o'zgartiradi va darvozadan joy oladi. Hakam esa ushbu golni hisobga olishga majbur edi va shunday ham bo'ladi.


TAS-IX


Ko'chirib olish (skachat)


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia