Ronaldu "Yuventus" bilan shartnomasini uzaytirmoqchi

Mirjalol Normatov
4 iyul 2021, 15:26
Hujumchi Krishtianu Ronaldu "Yuventus"da qolishi mumkin.

Bundan bir necha kun oldin futbolchining agenti Jorje Mendesh klub rahbariyati bilan uchrashgan va u mijozi 2023 yilga qadar jamoa tarkibida o'ynashni istayotganini ma'lum qilgan. Tomonlarning kelishuvi yana bir mavsum davom etadi. 2023 yilda Ronaldu 38 yoshga kirgan bo'ladi.

O'tgan mavsumda 36 yoshli futbolchi A Seriyaning 33 o'yinida 29 gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport