Ronaldu tufayli "Real"ning muxlislari kamayib ketmoqda

Mirjalol Normatov
16 dek 2018, 18:43
Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu yozda "Real"dan "Yuventus"ga o'tgandi.

Oldinroq madridliklar rahbariyati ushbu transfer "Real"ning imijiga ta’sir qilmasligini aytishgandi. AS xabariga ko'ra, "Real"ning uy o'yinlariga muxlislar tashrifi anchagina pasaygan. Mavsum boshidan buyon "Real"ning o'yinlariga o'rtacha tashrif 5509 muxlisga kamaygan.

AS nashri buning sababi sifatida Ronalduning transferini keltirmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: AS