Ronaldu Saudiya Arabistoni rekordini yangiladi

Aslanov Jasurbek
28 may 2024
Krishtianu Ronaldu bir mavsumda gol urish bo'yicha Saudiya Arabistoni chempionati rekordini yangiladi.

"Al Nassr" hujumchisi "Al Ittihod"ga qarshi chempionatning 34-tur bahsida dubl qayd etdi. Bu gollar portugaliyalikning joriy mavsum ligada urgan 34 va 35-gollari edi.

Ronaldu 2018/19 mavsumda "Al Ittihod" forvardi Abdulrazzoq Hamdallahning 34ta gollik rekordini yangiladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia