Ronaldu qatorasiga ikkkinchi marta YCHLda xet-trik qayd etdi

Aslanov Jasurbek
3 may 2017, 02:27
“Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu YCHL yarim final ilk uchrashuvida “Atletiko”ga qarshi bahsda xet-trikka erishdi.

“Atletiko”ga qarshi bahsda xet-trikka erishdi.

Chempionlar ligasining oxirgi uchta uchrashuvida 32 yoshli futbolchi sakkizta gol urishga erishdi (“Bavariya” – 5, “Atletiko” -3).

Shu tariqa portugaliyalik futbolchi YCHL pley offida qatorasiga ikkinchi bahsda xet-trik qayd etgan ilk futbolchiga aylandi. Undan tashqari Ronaldu YCHL  yarim finali tarixida eng ko'p gol urgan futbolchi bo'ldi – 13 ta gol. “Real”ning sobiq hujumchisi Alfredo Stefano hisobida yarim finallarda urilgan 11 ta gol bor.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Ла Лига расмий твиттери