Ronaldu penaltisiz gollar soni bo'yicha Messiga yetib oldi

Оқил Абдубарноев
15 fev 2024, 21:07
Bu haqda ushbu juftlikka oid statistik ma'lumotlarni jamlagan "Messi vs Ronaldo" sahifasi xabar berdi.

“Al Nassr” klubining portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu penaltidan tashqari urgan gollari bo'yicha AQSHning “Inter Mayami” jamoasi hujumchisi Lionel Messiga tenglashib oldi.

Statistikaga ko'ra, Ronaldu va Messi penaltidan tashqari 713 marta raqib darvozani ishg'ol qilishga muvaffaq bo'lgan. Argentinalik futbolchi har 121 daqiqada, Ronaldu esa har 138 daqiqada penaltisiz gol urgan.

Eslatib o'tamiz, Krishtianu Ronaldu OCHL 1/8 finalining ilk o'yinida “Al Fayha” darvozasiga to'p kiritgandi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Messi vs Ronaldo