Ronaldu nega katta masofalarni bosib o'tmayapti?

Aslanov Jasurbek
25 apr 2018
"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu so'nggi vaqtda avvalgidan kamroq yugurayotganini sezdingizmi?

Ispan nashrining ma'lumotlariga ko'ra, "qaymoqranglilar" ustozi Zinedin Zidan portugaliyalikni hudud bo'yicha chekladi va futbolchi kuchini tejashini istaydi.

Mutaxassis Ronaldu 30-40 metrga sprinterlik yugurishlarini amalga oshirishini va unga ajratilgan zonadan chetga chiqishini xohlamayapti.

Bu taktika 33 yoshli futbolchiga kuchini asrash va mavsumning muhim pallasida optimal formada bo'lish imkonini bermoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo