Ronaldu "Manchester Yunayted" muxlislariga rahmat aytdi

Sherzod Nurmatov
21 sen 2021
MYU hujumchisi Krishtianu Ronaldu o'z jamoasi muxlislariga murojaat yo'lladi.

"Birgalikda kuchlimiz! Qo'llab-quvvatlayotganingiz uchun rahmat!", – dedi 36 yoshli futbolchi.

Portugaliyalik yulduz 12 yildan keyin MYUga qaytdi. U 15+8 million evro evaziga "Yuventus"dan Angliya klubiga o'tdi.

Ronaldu "qizil iblislar" safida hozircha 3 o'yinda 4 ta gol urdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: instagram.com/cristiano