Ronaldu Fergyusonga: "Boss, sizni yaxshi formada ko'rish yoqimli"

Aslanov Jasurbek
24 okt 2018, 15:30
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Manchester Yunayted"ga qarshi Chempionlar ligasi guruh bosqichining 3-tur uchrashuvidan (1:0) so'ng, "Instagram"ga "qizil iblislar" sobiq ustozi Aleks Fergyuson bilan tushgan suratini joyladi.

"Buyuk murabbiy va ajoyib inson. Meni maydon va undan tashqarida ko'p narsalarga o'rgatgan. Boss, sizni yaxshi formada ko'rish yoqimli" - deb yozdi Ronaldu.

Portugaliyalik futbolchi 2003-2009 yillar davomida Fergyuson boshqaruvidagi "Manchester Yunayted"da o'ynagan. 4 may kuni shotlandiyalik mutaxassisning miyasiga qon quyildi. Keyingi kun uni operaciya qilishdi. Fergyuson 9 may kuni kasalxonani tark etdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: instagram.com/cristiano