Ronaldu YCHLdagi golsiz seriyasiga yakun yasadi

Aslanov Jasurbek
13 mar 2019
“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu YCHLning nimchorak final “Atletiko”ga qarshi javob bahsida bosh bilan gol urib, uch o'yinlik golsiz seriyasiga yakun yasadi.

Ushbu gol Ronalduning 1/8 final bosqichlaridagi 61-si bo'ldi.

Qayd etish joizki, portugaliyalik futbolchi “matraschilar” darvozasiga o'zining 23 golini urdi. Bu hujumchining eng ko'p to'p kiritgan klublari orasidagi ikkinchi ko'rsatkichdir. Ronaldu eng ko'p golini esa “Sevilya” darvozasiga (27ta) urgan.

Umuman, “Yuventus” a'zosi YCHLning joriy mavsumida 7ta o'yin maydonga tushib, 2 marta gol urdi va bir bora o'z hisobiga golli uzatmani yozib qo'ydi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia