Ronaldu: “YCHLda g'olib bo'ldik, turnirda to'purar bo'ldim. Bundan ortiq baxt bormi?”

Aslanov Jasurbek
4 iyun 2017, 03:02
“Real” hujumchisi Krishtian Ronaldu YCHL finalida “Yuventus” (4:1) ustidan qozonilgan g'alabadan keyin o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Biz mavsumni ajoyib tarzda yakunladik. Ispaniyada chempion bo'ldik va CHLda g'olib chiqdik. Biz ketma-ket ikkinchi marta CHLda g'olib chiqib, navbatdagi rekordni o'rnatdik. Musobaqada to'purar bo'ldim. Bundan ortiq nimani tilashim mumkin?

G'oliblik onlaridan uzoqroq zavq olishga harakat qilaman so'ngra terma jamoa safida tayyorgarlikni boshlayman.

“Oltin  to'p”? Ko'ramiz”, deydi portugaliyalik futbolchi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia