Ronaldu "Barsa" bilan o'yin haqida: "Ispaniyaga qaytish doim yoqimli"

Tolibjon Qosimov
9 dek 2020, 16:46
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Chempionlar ligasi doirasida "Barselona" ustidan qozonilgan g'alaba (3:0)dan keyin fikrlarini bildirib o'tdi.

Ronaldu: “Messini hech qachon o'zimga raqib deb hisoblamaganman”

"Ispaniya va Kataloniyaga qaytish doim yoqimli. "Kamp Nou"da qachondir men to'qnash kelgan eng kuchli jamoalardan biriga qarshi o'ynash hamisha qiyin.

Biz chempionlar jamoasi bo'ldik. Haqiqiy va bir oila. Agar shunday o'ynashda davom etsak, mavsum oxirigacha hech nimadan qo'rqmasak ham bo'ladi. Olg'a!", - deb yozdi Ronaldu kiyim almashtirish xonasidan rasm qo'ya turib.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/Cristiano