Ronaldo: "Barselona"da bo'lganimda Messini qo'yib yubormasdim"

Mirjalol Normatov
23 avg 2020
O'tmishning mashhur futbolchilaridan biri bo'lgan Ronaldo hujumchi Leo Messining "Barselona"dagi holati haqida gapirdi.

"Yevropa klublaridagi moliyaviy inqirozlar sababli Messining kyetish imkoniyatlarini juda past baholayman. Messi - jamoaning mayog'i, barcha futbolchilar unga qaragan holda o'ynashadi. Klubda ishlaganimda uning kyetishiga qo'yib bermasdim.

Messining "Barselona" bilan munosabatlari yaxshi. U klubni yomon ko'rib qolishi mumkin emas. Albatta, YCHLdagi mag'lubiyatdan keyin barcha hafa bo'lib yuribdi. Bu vaqtinchalik holat.

Messiga yaxshi sherik kerak. "Barselona"dagilar unga yaxshi sherik olib kelsa, barchasi yaxshi bo'lib ketadi. Messining kyetishi juda qiyin ish", - dedi Ronaldo.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal