Ronaldinyo Meksikaning Amerika klubiga o'tadimi?

Narzulla Saydullayev
4 sen 2014, 10:11
Braziliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Ronaldinyo faoliyatini Meksikada davom ettirishi mumkin.
34 yoshli futbolchiga Mexikoning Amerika klubidan taklif bor, deb xabar bermoqda Globoesporte.

Amerika klubi prezidenti Rikardo Pelaes esa bu xabarni rad qildi.

– Bularning barchasi mish-mish. Ronaldinyo Amerikaga o'tmaydi, – deydi Pelaes.

Oldinroq Hindistonning Chennay klubi futbolchiga ikki yillik shartnoma va 4,6 million evro taklif qilgani ma'lum bo'lgandi.

Ronaldinyoning so'nggi klubi Atletiko Mineyro bo'lgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru