Romano Messining "Inter Mayami"dagi kelajagi haqida fikr bildirdi

Khoja
20 sen 2025
"Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi jamoasi bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin.

Bu haqda Fabricio Romano xabar bermoqda. Tomonlar yangi shartnoma bo'yicha kelishuvga erishib bo'lishgan. Yaqin kunlar ichida tomonlar shartnomani rasman uzaytirishadi.

Eslatib o'tamiz, Messi "Inter Mayami"da 2023 yildan beri faoliyat olib boradi. U jamoa safida 75 ta uchrashuvda maydonga tushib, 62 ta gol urdi va yana 30 ta golga assistlik qilgan. 38 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi yil so'nggida yakunlanadi.


KhojaMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano