"Roma" Shomurodovning raqobatchisini boshqa klubga yubormoqda

Alisher
14 avg 2024
"Roma" vinger Ola Solbakkenni yangi ijaraga yubormoqda.

Norvegiyalikning yangi klubi "Empoli" bo'ladi. Vinger italyan klubida yangi mavsumni o'tkazadi.

Eslatib o'tamiz, Solbakken "Roma"ga 2023 yilning qishida "Budyo-Glimt"dan o'tgandi. Futbolchi shundan so'ng ikki bor ijaraga yo'l oldi. Avvaliga "Olimpiakos" (Gretsiya)ga, so'ngra Yaponiyaning "Urava Reds" jamoasida harakat qildi.

Futbolchi Norvegiya terma jamoasida 11ta o'yinda harakat qilgan.


AlisherMuallif
Manba: romapress.net