Roma Ryudigerni ijaraga oldi

19 avg 2015, 22:02
Roma klubi Germaniya terma jamoasi a'zosi Antonio Ryudigerni o'z safiga qo'shib olganini rasman tasdiqladi.

"Roma" Ryudigerni "Shtutgart"dan bir yilga ijaraga oldi. Rimliklar futbolchining ijarasi uchun 4 million evro to'lab berishadi.

Shuningdek, "Roma" klubi Ryudigerni sotib olish huquqini ham qo'lga kiritgan.

Antonio Ryudiger "Roma"da 2-raqam ostida harakat qiladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: sports.ru