"Roma" "Real" futbolchisini sotib olmoqchi

Mirjalol Normatov
29 mar 2018, 14:38
"Roma" "Real" yarim himoyachisi Mateo Kovachichni transfer qilmoqchi.

Madrid jamoasida u asosiy tarkib futbolchisi hisoblanmaydi. "Roma"da unga muntazam o'yin amaliyoti taqdim etilishi mumkin. Kovachich oldin "Inter" tarkibida o'ynagan.

"Real" esa Kovachich orqali "Roma" darvozaboni Alissonni sotib olmoqchi. Hozircha transfer narxlari borasida ma'lumot berilmagan.

23 yoshli futbolchi bu mavsumda atigi 14 uchrashuvda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: AS