“Roma” ham Ikardi uchun kurashga qo'shildi

Mauro Rimga ko'chib o'tishi mumkin.

Mauro Ikardi “Inter” bosh murabbiyiga aylangan Antonio Konte rejalariga kirmasligi ma'lum bo'ldi. Argentinalik hujumchi Milan klubini tark etadi. Futbolchining xizmatlariga “Roma” ham jiddiy qiziqib qoldi. Avvalroq unga “Yuventus” va “Napoli” klublari ham ko'z tikkandi. 

A Seriyaning 2018/19 yilgi mavsumida Ikardi 11 ta gol urib, 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Manba: Football24