Roys "Borussiya"da qolmaydi va martda kelajagi borasida qaror qabul qiladi

Aslanov Jasurbek
17 yanv 2015, 12:43
Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Marko Roys nemis klubi safida faoliyatini davom ettirmoqchi emas.

Xabarlarga ko'ra, Germaniya terma jamoasi futbolchisi o'z yaqinlariga mavsum oxirida "Borussiya"ni tark etishini aytgan. Ammo u hozircha faoliyatini qaysi klubda davom ettirishini aniqlab olgani yo'q. Futbolchi yakuniy qarorni martda qabul qilishini ta'kidladi.

Eslatib o'tamiz, Roysning "Borussiya" bilan shartnomasi 2017 yilgacha belgilangan va uning transfer bahosi 25 mln evro.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com