Roy Xodjson: "Runi Charltonning rekordini yaxshilaydi - oldinda ko'p o'yinlar bor"

Aslanov Jasurbek
10 okt 2014, 13:28
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roy Xojsonning takidlashicha, jamoa sardori Ueyn Runi Bobbi Charlton tomonidan o'rnatilgan 49 ta golli rekordni yangilaydi.

"Oltin to'p-1966" sohibi inglizlar terma jamoasida 49 ta gol urgan. Runining hisobida esa hozirda 42 ta gol mavjud.

"Rekord Ueynga bosim o'tkazmaydi. U necha yoshda? 29? O'ylashimcha, u bir necha yil davomida yaxshi formada bo'ladi. Oldinda o'yinlar ko'p. Unga bosim o'tkazib, rekordni talab qilish kerak emas" - deydi mutaxassis.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sport-express.ru