Rodrigo 3 oyga safdan chiqqani ma'lum bo'ldi

Alisher
26 dek 2020
"Real" vingeri Rodrigoning La Liga 15-tur doirasidagi "Granada" (2:0)ga qarshi o'yinda olgan jarohat tafsilotlari ma'lum bo'ldi.

Tekshiruvlardan so'ng 19 yoshli braziliyalik futbolchining o'ng oyoq sonlari mushaklariga zarar etgani ma'lum bo'ldi.

Rodrigo 3 oy atrofida maydonga tushmaydi. Uning olgan jarohati jiddiy va u bazi hollarda operaciyani talab qiladi.

Futbolchi joriy mavsum La Liga doirasidagi 11ta o'yinda maydonga tushib, 4ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: realmadrid.com