Rodri ushbu mavsumda o'ynaydimi? Gvardiola javob berdi

Mirjalol Normatov
31 yanv 2025, 22:47
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola futbolchi Rodri borasidagi savolga javob berdi.

Rodri tizzasidan juda jiddiy jarohat olib, safdan chiqqan va hali hamon tiklanish bilan band.

"Rodri? U hozir pozitiv holatda, biroq nimalar bo'lishini bilmayman. Bundan jiddiy jarohatlar paytida men doimo imkoniyatlarni cheklab turish kerak deb hisoblayman. Barchasining o'z vaqti keladi.

Rodri bu yerda, kiyim almashtirish xonasida bo'lib turgani yoqimli. U endi o'spirin bola emas, tezroq o'ziga kelib olishi kerak. Lekin uni ertaroq maydonga qaytarib, bir qadam ortga tashamoqchi emasmiz. U o'zini yaxshi his qilmoqda. Ko'ramiz, nima bo'larkin", - dedi Gvardiola.

Oldinroq "Manchester Siti" Rodrini YCHLning pley-off o'yinlariga ro'yxatdan o'tkazishi borasida ma'lumotlar paydo bo'lgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal