Robert Levandovski: Chorak finalda bizga "Zenit" emas, top-klub raqib bo'ladi

Aziz Tukhtamuradov
20 mar 2014, 08:39
Dortmundning Borussiya jamoasi futbolchisi Robert Levandovski "Zenit" bilan o'tkazilgan javob o'yinidan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Bugun uncha yaxshi bo'lmagan o'yinlarimizdan birini ko'rsatdik. Negaligini bilmayman. Chorak finalga chiqqanimizdan judayam xursandman. U yerda bizga "Zenit" emas, Yevropaning top-klublari raqib bo'lishadi. Agar omadli yurishimizni davom ettirishni istasak, bugungi ko'rsatgan o'yinimizni 110 foizga yaxshilashimizga to'g'ri keladi.

Bugun menga nimaga sariq kartochka ko'rsatishganini tushuna olmadim (Levandovski keyingi o'yinni o'tkazib yuboradi - championat.asia izohi). To'p o'sha vaziyatda tasodifan mening qo'limga kelib urilgan edi, – deydi polshalik futbolchi.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru