Rivaldo: "Serxio Ramos "Barselona"ga yaxshi kuchayish bo'lar edi"

Alisher
10 mar 2021, 09:47
"Barselona" sobiq forvardi Rivaldo Kataloniya klubi rahbariyatiga mavsum so'nggida erkin agentga aylanadigan "Real" sardori Serxio Ramosga e'tibor qaratishni taklif qildi.

"Futbolchi professional bo'lishi kerak, agar yaxshi taklif qabul qilsa, uni ko'rib chiqish kerak. Albatta, Serxio Ramos "Barselona"ga yaxshi kuchayish bo'lar edi.

Men Pochettino o'rniga PSJ rahbariyatiga Messiga e'tibor qaratishdan ko'ra hozirgi o'yinchilarni qoldirish yaxshiroq deb aytardim.

Ammo futbol - shuningdek biznes", - deydi Rivaldo.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Betfair