Reshfordning kelajagi mavsum yakunlangach ma'lum bo'ladi

Administrator
23 apr 2025, 21:40
"Aston Villa" ijarada muddati yakunlangach, forvardni MYUdan to'liq sotib olishni rejalashtirmoqda.

Markus Reshfordning kelajagi faqat mavsum yakunida aniq bo'ladi. The Independent xabar berishicha, "Aston Villa" ijara muddati tugagach, "MYU" hujumchisini to'liq transfer qilishni istayapti. O'z navbatida, mankunianliklar APL moliyaviy qoidalariga yanada yaxshiroq rioya qilishlari lozim. Shuning uchun Reshfordni imkoni boricha qimmatroqqa sotish kerak bo'ladi. Katta ehtimol bilan, Amorim Reshfordni keyingi mavsum rejalariga kiritmaydi.

Shu bilan birga, "Man Yunayted" "Aston Villa" hujumchisi Olli Uotkinsga qiziqish bildirmoqda, ammo muzokaralarning murakkabligi sababli bu transferni Reshford xaridiga bog'lab bo'lmaydi. 

Reshfordning o'zi "Aston Villa"dagi o'rni, jamoa va bosh murabbiy Unai Emeri bilan munosabatlaridan mamnun. Biroq, Markus va uning yaqinlari yozgacha futbolchining keladagini muhokama qilishni rejalashtirmayapti, chunki futbolchi mavsumning qolgan qismiga, Angliya kubogi va Chempionlar ligasiga yo'llanma olishga bor e'tiborini qaratmoqda.

Reshford qishki transfer oynasida "Aston Villa"ga o'tgandi. U birmingemliklar safida 17 ta o'yinda 4 ta gol va 5 ta golli uzatma qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: The Independent