Reshford: "Fergyuson bilan birga ishlay olmaganimdan doim afsuslanaman"

Mirjalol Normatov
14 yanv 2021, 23:20
"Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford jamoaning sobiq bosh murabbiyi ser Aleks Fergyuson bilan munosabatlari haqida gapirdi.

"Fergyuson bilan gaplashib turish - men uchun ajoyib hissiyot beradi. Men uning qo'l ostidagi jamoada to'p sura olmaganimdan afsuslanaman.

Hammada ham bunday holat bo'lmasa kerak. U 10-15 daqiqaga menga qo'ng'iroq qiladi va telefonda gaplashamiz. U holatni ko'rib borib, barchaga yordam berayotganidan xursandman. Bu ajoyib holat.

To'g'risini aytsam, u ilk kunlardanoq, faoliyatimni boshlagan ondanoq meni qo'llab-quvvatlagan. Uning gaplarini eshitish doimo foydali", - dedi Reshford.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal