Reshford "Barsa" haqida: "Angliyadan farqli o'laroq, bu yerda hamma narsa shiddatli"

Administrator
14 avg 2025
Markus Reshford "Barsa" bilan dastlabki mashg'ulotlardagi qiyinchiliklar haqida so'zladi.

"Bu men uchun yangi tajriba va men undan zavq olyapman. Bu yerda hamma narsa juda intensiv va tez, shu jihatdan ingliz futboliga o'xshamaydi.

Tushuntirish qiyin, ammo mavsumoldi tayyorgarligi og'ir kechdi. Mashg'ulotlardan keyin juda holdan toyardim. Ob-havo ham o'z ta’sirini ko'rsatdi. Gap ko'p yugurish emas, balki to'pni boshqarish mashqlarida va to'p bilan doimiy ishlash zaruriyatida. Bu jihatdan aynan shiddatlilik nuqtayi nazaridan hamma narsa murakkabroq.

Mavsum boshlanishini va yangi jamoalarga qarshi o'yinlarni intizorlik bilan kutyapman," - dedi "Manchester Yunayted"dan ijaraga olingan "Barselona" hujumchisi.



AdministratorMuallif
Manba: Marca