Remzining yangi jamoasi aniq bo'lmoqda

Mirjalol Normatov
15 noya 2018
"Arsenal" yarim himoyachisi Aaron Remzi faoliyatini Bundesligada davom ettiradi.

"Independent" xabariga kzra, uelslik futbolchi "Bavariya" bilan shartnoma imzolaydi. Myunxenliklar Remzining vakillari bilan muzokaralar olib borishgan va bu ikki tomon uchun ham yaxshi ketmoqda.

Eslatib o'tamiz, Remzining "Arsenal" bilan shartnomasi kelasi yili yozda yakuniga etadi. Tomonlar shartnomani uzaytirishmaydi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal