"Reynjers"da yana pul borasida muammo paydo bo'ldi
Tolibjon Qosimov
27 mar 2014
2012 yil bankrot bo'lgani tufayli Shotlandiya Premer-ligasidan chiqarib yuborilgan "Reynjers" yana moliyaviy qiyin ahvolga tushib qoldi, deb xabar bermoqda "Sky Sports" nashri.
2013 yildagi zarar 3,5 million funt sterlingni tashkil qildi. Biroq hozir Shotlandiyaning bir necha karra chempioni vaziyatga to'g'ri yondoshib muammoni tezda bartaraf etmoqchi.