"Real"ning qishki transferlar oynasidagi rejalari qanday?

Alisher
25 dek 2019, 10:20
Madridning "Real" klubi qishda transferlar amalga oshirmaydi.

Bu haqda Ispaniyaning nufuzli nashri xabar bermoqda. Zinedin Zidan jamoaning hozirgi tarkibidan ko'ngli to'q.

"Real" so'nggi kichik muvaffaqiyatsizliklarni tarkib bilan bog'lamaydi. "Qirollik klubi" kuchli hujumga va juda ishonchli yarim himoyaga ega.

Luka Yovichga kelsak, Zizu 2020 yilda uning o'sishiga umid qilmoqda. Garet Beyl ham hech qaerga kyetmaydi.

"Real" hozirda La Ligada 2-o'rinni egallab turibdi. Peshqadam "Barselona" bilan oradagi farq juda kichikdir.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca