"Real"ning ko'pchilik muxlislari Ronaldu klubdan ketishini istashmoqda

Aslanov Jasurbek
18 yanv 2018, 11:12
Ispaniyaning AS nashri o'z o'quvchilarining "Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu bo'lgan munosabatini aniqlash uchun so'rovnoma o'tkazdi.

Unda muxlislardan futbolchi "Qirollik klubi"da qolishi kerakmi yoki yo'qmi?" savoliga javob olindi.

So'rovnoma natijalariga ko'ra, unda ishtirok etgan 67,5% ishqibozlar Ronaldu "Real"dan ketishini istashgan.

Oldinroq, "Real" portugaliyalikni sotishga tayyor ekanligi haqida ma'lumotlar paydo bo'lgan edi. Forvard kamida 40 mln. evro maosh olmoqchi. Uning maoshi Messi va Neymarnikidan kam va futbolchi bundan xafa.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS