"Real" yulduzlaridan biri 1.5 oyga safdan chiqdi

Aslanov Jasurbek
17 sen 2025, 16:06
"Real" matbuot xizmati jamoa himoyachisi jarohat olganini e'lon qildi.

Trent Aleksandr-Arnold "Marsel"ga qarshi UEFA Chempionlar ligasi 1-tur bahsida jarohat olib, maydonni tark etgan edi. "Qirollik klubi"ning bayonotida futbolchi chap oyog'ining sonida shikastlanish borligi ma'lum qilingan.

Trent 1.5 oy maydonga tusha olmaydi. Himoyachi joriy mavsum "Real" safida 5ta (4 ta LaLiga, 1 ta CHL) uchrashuvda ishtirok etdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: realmadrid.com