"Real" yozda bir nechta poziciyani kuchaytiradi

Sherzod Nurmatov
1 fev 2022
"Real Madrid" yozda chap va o'ng qanot himoya, shuningdek, markaziy himoya va yarim himoyachi chizig'ini mustahkamlamoqchi.

Manbaga ko'ra, "Valensiya" futbolchisi Xose Gayya, "Leyptsig" a'zosi Anxelino va madridliklar tarbiyalanuvchisi Serxio Regilon allaqachon "qirollik klubi" short-listidan joy olgan.

Qayd etilishicha, jamoaning amaldagi sardori Marselo yozda shartnoma muddati tugagach, jamoani tark etadi, Migel Guterres esa himoyadagi o'yini tufayli Karlo Anchelotti ishonchini qozona olmayapti.

Yarim himoyachilar orasida klubga ko'proq Orelen Tchuameni va Rayan Gravenberx varianti maqul kelmoqda va ulardan biri bilan shartnoma imzolash rejalashtirilmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ABC