"Real" van de Beekga shartnoma tayyorlamoqda

Alisher
26 iyun 2019, 10:28
"Ayaks" yarim himoyachisi Donni van de Beek Madridning "Real" klubi qiziqishlari doirasiga kirib qoldi.

Madridliklar rahbariyati futbolchini Pol Pogba o'rniga olib kelishmoqchi. Rahbariyatning bunday qarorga kelishida MYU xo'jayinlarining Pogbani qo'yib yuborgisi kelmayotgani sabab bo'lgan.

Gollandiyalik yarim himoyachining narxi 60-70 millionlar atrofida baholanmoqda.

Van de Beekning amstyerdamliklar bilan tuzgan shartnomasi 2022 yil iyun oyiga qadar mo'ljallangan.

22 yoshli futbolchi yakunlangan mavsum "Ayaks" safida 57ta o'yinda maydonda tushib, 17ta gol va 13ta assistga erishgan.


O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca