"Real" va PSJ Ugo Lorisga da'vogarlik qilmoqda

Narzulla Saydullayev
9 dek 2016, 16:49
Madridning "Real" klubi va Fransiyaning PSJ jamoasi Angliyaning "Tottenxem" klubi darvozaboni Ugo Lorisga qiziqish bildirmoqda.

The Daily Mail nashrining xabariga ko'ra ikkala jamoa ham, futbolchi bilan shartnoma uzaytirishdagi qiyinchiliklardan foydalanib qolishmoqchi.

Tajribali darvozabonning jamoa bilan amaldagi shartnomasi uch yildan so'ng yakuniga etadi. Futbolchi va klub rahbarlari yangi shartnoma bo'yicha muzokara olib bormoqda, ammo moliyaviy masalalar bo'yicha bir to'xtamga kelishgani yo'q.

Eslatib o'tamiz, Ugo Loris bu yilgi APL chempionatida "Tottenxem" tarkibida 12 uchrashuvda maydonga tushib o'z darvozasidan 9 bor to'p olib chiqqan. Posbon 12 uchrashuvning 5 tasida o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: dailymail.co.uk