"Real" va "Barselona" Jelson Martinsh uchun kurashadi

Tolibjon Qosimov
6 okt 2016
Ispan futboli grandlari - "Real" va "Barselona" Lissabonning "Sporting" jamoasi a'zosi Jelson Martinshga qiziqib qolgan.
Bu haqda "AS" nashri ma'lumot berdi. Bundan tashqari, futbolchini Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi ham sotib olishni istaydi, ammo bu borada ispan jamoalarining imkoniyatlari yuqoriroq. Martinshning shartnomasi 2021 yilgacha mo'ljallangan va unda 60 million evro to'lagan klub futbolchini muammosiz harid qilishi mumkinligi yozilgan.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: AS