

Ma'lumotlarga ko'ra, "qaymoqranglilar" 31 yoshli posbon uchun ingliz klubiga 60 mln. funt to'lashga tayyorligini bildirgan. Biroq fransiyalikning "Tottenxem" bilan shartnomasi 2022 yilgacha belgilangan va klub o'z yetakchilaridan birini sotmoqchi emas.
Agar transfer amalga oshsa, Loris futbol tarixidagi eng qimmat darvozabonga aylanadi. Ayni damda jahonning eng qimmat posboni 62,5 mln. evro evaziga "Roma"dan "Liverpul"ga o'tgan Alisson Beker.


