La Liga. "Atletiko" mehmonda "Real Sosedad"ga qarshi o'yinda ochko yo'qotdi

Alisher Ostonov
5 yanv 2026
La Liga 18-tur doirasidagi "Real Sosedad" - "Atletiko" o'yini bo'lib o'tdi.

Aleksandr Sorlot 50-daqiqada hisobni ochdi. Ammo, mezbonlar hujumchisi Gonsalu Gedesh besh daqiqa o'tib muvozanatni tikladi.

"Atletiko" La Liga turnir jadvalida 19 o'yindan so'ng 38 ochko jamg'argan holda to'rtinchi o'rinda bormoqda, "Real Sosedad" esa 18 o'yindan so'ng 18 ochko bilan 15-o'rinni band etgan.






Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia