"Real" prezidenti Mendesh bilan Ronaldu kelajagi borasida suhbatlashadi

Aslanov Jasurbek
5 iyul 2018
"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu kelajagi yaqin bir necha kun ichida hal bo'ladi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Qirollik klubi" prezidenti Florentino Peres portugaliyalikning agenti Jorje Mendesh bilan suhbatlashib, futbolchining kelajagini muhokama qilishadi.

Ronaldu "Real"ni tark etib, "Yuventus"ga o'tishi kutilmoqda. OAVda futbolchi Turinda uy qidirayotgani e'lon qilindi. Futbolchi "Qirollik klubi" tomonidan etarli darajada qo'llab-quvvatlash sezmayotgani tufayli, Madrid jamoasini tark etmoqchi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca