

Avvalroq Madridning "Real" klubi mavsum yakunida Anchelottining ketishini e'lon qilgandi. 24 may kuni jamoa Ispaniya La ligasining 38-turi doirasida o'z maydonida "Real Sosedad"ni qabul qiladi. Bu o'yin Anchelotti uchun "qaymoqranglilar" bosh murabbiyi sifatidagi oxirgisi bo'ladi.
"Karlo Anchelotti endi buyuk Madrid oilasining abadiy a'zosiga aylandi. Biz klubimiz qadriyatlarini namunali tarzda ifodalagan va shuncha yutuqlarga erishishimizga ko'maklashgan murabbiy bilan hamkorlik qilish imkoniyatiga ega bo'lganimizdan faxrlanamiz", – dedi Peres klub matbuot xizmatiga.
May oyida Braziliya futbol konfederatsiyasi 65 yoshli italiyalik mutaxassis terma jamoasiga yangi bosh murabbiy etib tayinlangani haqida xabar bergan edi.



