Real Portu himoyachisi Daniloni sotib olmoqchi

Narzulla Saydullayev
12 fev 2015, 09:02
Portu klubi o'ng qanot himoyachisi Danilo Real qiziqishlari doirasiga kirib qoldi.
Madrid klubi 23 yoshli Braziliya terma jamoasi a'zosini mavsum tugaganidan so'ng sotib olmoqchi, deb xabar bermoqda Marca nashri.

Daniloning transfer narxi 25 million evroga baholanmoqda. Unga Kataloniyaning Barselona klubi ham qiziqmoqda.

Futbolchining Portu bilan amaldagi shartnomasi 2016 yilda tugaydi.

Bu mavsumda Portugaliya chempionatida himoyachi 19ta o'yinda 3ta gol urdi va 1ta golli pas oshirdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru