"Real" o'z yarim himoyachisini "Arsenal" va "Inter"ga sotmadi

Aslanov Jasurbek
8 iyun 2017
"Arsenal" va "Inter" "Real"ga yarim himoyachi Xames Rodriges borasida taklif bildirishdi.

"Galaktikos" rahbariyati ikki klubga ham rad javobini berdi, chunki ular "Real" so'ragan 80 mln. evrodan kamroq narx taklif qilishdi.

Oldinroq Kolumbiya terma jamoasi futbolchisi o'z agenti Jorje Mendeshdan unga yangi klub topishni so'ragani e'lon qilingandi.

So'nggi mavsum Xames Rodriges "Real" safida 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 6 ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: El Chiringuito TV