"Real" o'z tarixidagi ikkinchi eng yomon natijasini takrorladi

Eldor Akmurzayev
20 may 2019
Yakunlangan 2018/19 yilgi mavsum Real uchun eng omadsizlaridan biri bo'ldi.

Jamoa mavsum davomida barcha musobaqalarda raqiblariga 18 bora  yutqazdi. Bu kabi muvaffaqiyatsizlik 1994/94 yilgi mavsumda ham qayd etilgandi. Mag'lubiyatlar bo'yicha jamoa tarixidagi eng yomon natija esa 1984/85 yilgi mavsumda bo'lgan. O'shanda qaymoqranglilar 19ta o'yinda yutqazgandi. 

Eslatib o'tamiz, blankoslar LaLigani 68 ochko to'plagan holda 3 pog'onada yakunladi. 


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: La Vanguardia