"Real" Militao borasida qaror qabul qildi

Alisher
17 apr 2020, 17:27
"Real" yaqin vaqtlarda himoyachi Eder Militaoni transferga qo'ymaydi.

22 yoshli braziliyalik futbolchi o'tgan yilning yozida "Portu"dan 50 million evro evaziga Madridga ko'chib o'tgandi.

Ammo, Militao "Real"ning muhim figuralaridan biriga aylanishga ulgurganicha yo'q. U "qaymoqranglilar" safida barcha musobaqalarda 13ta o'yinda maydonga tushdi.

"Qirollik klubi" rahbariyati futbolchiga kelajakda ishonch bildirishini ma'lum qildi. Militaoning sotuvini "Real" hali ko'rib chiqmayapti.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca