“Real” mavsum tiklansa ham “Santyago Bernabeu”da o'ynamaydi(mi?)

Eldor Akmurzayev
20 apr 2020, 19:35
Madridliklar stadioni qayta rekonstukciyadan chiqmoqda.

Koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan vaziyat esa qanchalik g'alati ko'rinsa ham “Qirollik klubi”ga foyda keltirishi mumkin. Gap shundaki, La Ligada mavsum tiklansa ham uchrashuvlar tomoshabinlarsiz o'tkazilishining ehtimoli yuqori. “Real” esa bundan maksimal tarzda foydalanmoqchi.

Ispan grandi “Santyago Bernabeu”dagi ish suratlarini tezlashtirish maqsadida o'z o'yinlarini “Kastilya”dagi “Alfredo di Stefano” o'yingohida o'tkazishni ko'rib chiqmoqda. Uning sig'imi 6000 kishiga mo'ljallangan.

Buning uchun Ispaniya chempionati rahbariyatining roziligi ham talab etiladi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Okdiario,