Real Malorka bilan Asensioning transferi borasida kelishib oldi

Narzulla Saydullayev
25 noya 2014, 09:00
Real va Malorka klublari yarim himoyachi Marko Asensioning transferi borasida dastabki kelishuvga erishishdi.
Transfer 3,5 million evroga baholanmoqda. 19 yoshli futbolchi Valeriy Karpin jamoasida yozgacha o'ynayveradi, so'ngra Madrid klubiga ko'chib o'tadi.

Eslatib o'tamiz, bu mavsum Segunda ligasida Asensio 13ta o'yinda 3ta gol urdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru