“Real Madrid“ PSJning yetakchilaridan birini sotib olmoqchi

Khoja
18 may 2025
“Real Madrid“ PSJ yarim himoyachisi Vitinya bilan shartnoma tuzmoqchi.

Ushbu transferni “qirollik klub“ining yangi bosh murabbiyi istamoqda. Biroq PSJ hech qanday summaga jamoa yetakchilaridan birini sotmasligini ma'lum qilgan. Portugaliyalik yarim himoyachining agenti Jorje Mendes futbolchini sotib olishning yagona yo'li, 130 millionlik tovon pulini to'lashligini aytdi.

Ma'lumot uchun, 25 yoshli futbolchi joriy mavsum PSJ safida 50 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 2 ta assist amalga oshirdi. Transfermarkt futbolchini 60 million evroga baholangan. Vitinyaning PSJ bilan tuzgan shartnomasi 2029 yilning yozida yakunlanadi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com